21.09.2022 1014

Bugungi kunning birinchi qabul qilingan fuqaro bir vaqtning o‘zida bir nechta huquq sohalariga oid ancha murakkab masala bilan tashrif buyurdi. Sayyor qabulni “Xalqaro huquq” fakulteti 3-4-kurs talabalari o‘tkazdilar va ular treninglarda olgan bilimlarini esga olib, bizga murojaat qilgan fuqaroning muammolariga oydinlik kiritishda qo‘llashga harakat qilishdi.

Klinika kuratorlari barcha talabalarni amaliy faoliyat boshlaganlari bilan tabriklab, ularga huquqshunos sifatida kasbiy mahorat va tajribaga ega bo‘lishlarida omad tilaydi.