30.01.2017 32642

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Axborot-resurs markazida O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi.

Islom Karimov o'zining hayotini mustaqil davlat barpo etishga, jahon miqyosida uni shakllanishi va mustahkam pozitsiyasiga ega bo'lishiga bag’ishlandi. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik, xalqning o'sib borayotgan osoyishtaligi ular tomonidan tanlangan yo'lning to'g’riligidan  dalolat beradi. Olib borilayotgan barcha islohatlarning zaminida yosh avlodni har tomonlama rivojlanishiga hamxo'rlik qilish, ularni jismonan va ma'nan etuk, intellektual boy salohiyat egasi bo'lishga o'rgatish.

Ko'rgazmada Birinchi Prezidentimiz faoliyatini aks etuvchi adabiyotlar namoyish etilgan bo'lib, bunda ularning ma'ruzalari, chiqishlari, nutqi, uchrashuvlari va boshqa asarlari o'rin olgan. Ushbu asarlar yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy istiqlol g’oyasi, Vatanga bo'lgan muhabbat va sadoqat ruhiyada tarbiyalashga abadiy hizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag’ishlangan ko'rgazma