19.09.2022 1584

Joriy yilning 19-23 sentyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Fransiyaning “ESSEC” biznes maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekiston viloyat va shaharlari hokimlari, O‘zbekistondagi yirik davlat va xususiy kompaniyalarning top-menejerlari uchun “Liderlik va strategiya. Boshqaruv tamoyillari” taʼlim dasturi bo‘yicha o‘quv dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Menejment va yetakchilik sohasida xalqaro miqyosda tan olingan ekspert, “ESSEC” boshqaruv fakulteti professori Devid Slass trener sifatida taklif etilgan. D.Slass muntazam ravishda Harvard Business Review, the Academy of Management Journal va boshqa yirik xalqaro nashrlarda maqolalar chop etib keladi.

Dastur doirasida rahbarlarning individual boshqaruv ko‘nikmalari, ishchi munosabatlarning psixologik jihatlari, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullari, tashkilotlarni transformatsiya jarayonlarini yoritish bo‘yicha seminar va amaliy mashg‘ulotlar rejalashtirilgan.