“Bolalarga nisbatan zoʻravonlik: global koʻrinishlar” mavzusida seminar trening oʻtkazildi
17.09.2022 1086
BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 15-iyundagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 2-oktabr Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur rezolyutsiyaga koʻra, ushbu kunda muammolarni kuch ishlatmasdan hal qilishga targʻib etish belgilangan.
Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yuridik klinikada Oʻzbekiston Respublikasida YUNISEF vakolatxona rahbarining oʻrinbosari Antonio Lyudeke tomonidan Xalqaro huquq fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik: global koʻrinishlar” mavzusida seminar trening oʻtkazildi. Tadbirda mamlakatimizda ommoviy axborot vasitalari, davlat statistika idoralari, yuridik klinika amaliyotidagi fuqarolar murojaatlari tahlillari aynan bolalarga nisbatan zoʻravonlik, ularni noqonuniy mehnatga jalb qilish va shavqatsiz munosabatda boʻlish, ayrim hududlarimizdagi misollar xalqaro hamjamiyatda mamlakatimiz imidjiga salbiy taʼsir koʻrsatishi va bola huquqini kafolatlash davlat siyosatini yanada mustahkamlash, shu jumladan oilada bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish maqsadida milliy qonunchiligimiz normalarini takomillashtiri maqsadga muvofiqligi takidlandi. Shu bilan birga, universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Bola huquqlari vakili (Ombudsmani) hamkorligida mazkur muammolar yuzasidan xalqaro amaliyot boʻyicha chuqur tahlil va izlanishlar olib borilayotgani alohida takidlananadi.
Tadbir yakunida joriy 2-oktabr Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni munosabati bilan talabalar tomonida volonter sifatida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi maktab va maxsus maktab internatlarida fleshmobda ishtirok etish boʻyicha kelishuvga erishildi.