Jinoyatchilikning oldini olish mavzusida davra-suhbati boʻlib oʻtdi
08.09.2022 1281
Joriy yil 8- sentabr kuni JIDU universiteti talabalari uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo-Ulugʻbek tuman sudi sudyalari ishtirokida "Jinoyatchilikning oldini olish'' mavzusida davra-suhbati bo'lib o'tdi.
Mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish uni sotish, sotib olish va iste'mol qilishga qarshi qaratilgan chora tadbirlari amalga oshirilib kelinayotganligi to'g'risida muhokama qilindi.
Suhbat davomida maʼruzachilar tomonidan koʻplab amaliyotdan misollar keltirildi, ushbu tadbir barcha talabalarda katta qiziqish uygʻotdi.
Davra suhbati yakuniga koʻra talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.