26.07.2022 2074

oriy yilning 24-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O'zbekistonning yetakchi oliy o'quv yurtlari talabalari, jumladan, Tashqi ishlar vazirligida JIDU talabalari bilan uchrashdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 551-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida JIDUning eng iqtidorli talabari saralab olindi. Yuqori akademik reyting, chet tilini bilish darajasi, universitet hayotida faol ishtiroki, shuningdek, talabalarning boshqa yutuqlari O'zbekistonning xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarida amaliyot o'tash uchun birinchi saralash bosqichidan o'tishga imkon yaratdi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bo’lgusi istiqlol elchilariga muvaffaqiyatlar va ilmiy-amaliy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi!