26.06.2022 2270

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari M. Yuldashev, N. Dushamov, A. Razzakova, M. Abdukarimova, A. Alisherov, Sh. Olimova, O.Abduraxmanova va А.Sultanmuratovlar Germaniyaning DAAD tashkiloti tomonidan taklif etilgan University Summer courses yozgi kurslarida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritdilar. Ushbu dastur bakalavriat bosqichi talabalari uchun har yili yozgi nemis tili kurslariga bepul qatnashish imkonini beradi. 

Stipendiantlarimizni ushbu gʻalaba bilan tabriklaymiz va kelgusi faоliyatlarida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.