23.06.2022 2083

Joriy yilning 23-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Yevrosiyo tadqiqotlari jamiyati va Yevropa Markaziy Osiyo tadqiqotlari jamiyati hamkorligida nufuzli xalqaro konferensiya boshlandi.

Mazkur tadbirda siyosiy fanlar, xalqaro munosabatlar, iqtisod, moliya, huquq, tarix, antropologiya, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, ta’lim, mediashunoslik, sotsiologiya va boshqa sohalar bo‘yicha 30 dan ortiq davlatlardan 300 nafarga yaqin olim va ekspertlar ishtirok etishmoqda.

Anjumanning birinchi kunida Markaziy Yevrosiyoning tarixiy rivojlanishi, mintaqa madaniyati va san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekistonning hozirgi transformasiyasi ahamiyati va ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, kun tartibida mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiy salohiyat, tranzit va logistikani rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarida qonunchilik bazasini takomillashtirish kabi masalalar koʻtarildi.