17.06.2022 2031

Iyun oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida nemis tilini asosiy va ikkinchi chet tili sifatida o‘rganayotgan talabalar o‘rtasida nemis tili bo‘yicha o‘tkazilgan notiqlik tanlovining birinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalarga diplomlar topshirildi. Urs Lyugerning “Pol va Gerr Rossmanning ta’tildagi sarguzashtlari” asarlari asosida o‘tkazilgan viktorina g‘olibi ham taqdirlandi.