17.01.2017 32402

2017-yil 13-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida taniqli davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, 10 yil davomida (1995-2004 yillar) respublika xotin-qizlar qo‘mita raisi, O‘zbekiston Bosh Vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Dilbar Muhammedovna G‘ulomova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor V.Xoshimov, universitet xotin-qizlar qo‘mita raisi E.Sultonova, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti dekani M.Xamdamov olib bordilar. Uchrashuv mehmoni D.G‘ulomova va xalqaro iqtsodiy munosabatlar fakulteti talabalari o‘rtasida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilishda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yiliga doir qimmatli fikrlar ham berildi.