13.06.2022 1495

Yaqin kunlarda har bir oliy ta’lim muassasasi uchun qabul jarayoni boshlanadi. Boʻlajak talabalar oldida katta tanlov turibdi. Shu sabab joriy yilning 10-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. Tadbirga maktablar va akademik litsey oʻquvchilari bilan birgalikda farzandi kelajagiga befarq boʻlmagan ota-onalar ham tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida ularga universitet faoliyati, tuzilmasi, shart-sharoitlar, oʻquv rejasi, erishilgan  yutuqlar va kelgusidagi aniq maqsadlar haqida ma’lumot berildi. Boʻlajak talabalar universitet haqida aniq tasavvur va tushunchaga ega boʻldilar.

“Universitetimiz mamlakatimizning yetakchi oʻrinlarini egallab keladi. JIDU mamlakatimizda xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiyot va menejment boʻyicha milliy kadrlar hamda boʻlajak diplomatlarni yagona va tayyorlaydigan eng yirik oliy muassasi hisoblanadi”, - deydi JIDU oʻquv ishlar boʻyicha birinchi prorektori.

“Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurgan mehmonlar tadbir soʻngida har bir fakultet dekanlari va ishchi guruh bilan tanishtirildi. Ular yordamida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir koʻtarinki ruhda yakunlandi.