08.06.2022 1447

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda Sharq tillari kafedrasi faol ishtirok etdi. Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi, Koreya va O‘zbekiston ta’lim vazirligi vakillari va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

27-may kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazida ko‘rgazma – koreys tilini o‘rgatuvchi O‘zbekiston universitetlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetdan Sharq tillari kafedrasi mudiri X.G‘ofurova, koreys tili o‘qituvchilari D. Nasullayeva va O.Niyozovalar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildilar.