Ikki davlat rahbarlarining muntazam muloqotlari Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun kuchli katalizator bo‘lib xizmat qiladi
06.06.2022 1281
Markaziy Osiyo Xalqaro institutida “Markaziy Osiyoning tinch va barqaror rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari: O‘zbekiston va Turkmanistonning yondashuvlari” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya Markaziy Osiyo instituti, Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti (NCSR) qoshidagi Strategik tadqiqotlar ilmiy markazi tomonidan tashkil etildi.
Markaziy Osiyoning bugungi kundagi holatii, ikki davlat va butun mintaqaning barqaror rivojlanishiga asosiy tahdid va xavf soluvchi omilni aniqlash,mintaqaviy sheriklini yanada mustahkam uchun hizmat qiladigan yangi siyosiy vaziyatlarda hizmat qiladigan aniq takliflarni ishlab chiqish kabi mavzular konferensiyada muhokama qilindi.
Mazkur konferensiya O‘zbekiston va Turkmaniston taraflari limiy-tadqiqot va ekspert-tahliliy nuqtai nazardan o‘z fikr va takliflarini bildirishi uchun o‘z muntazam xarakteriga ega, ochiq va konstruktiv maydon bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga hissa qo‘shdi.
Konferensiya davomida ilmiy va akademik ma’ruzalar tinglandi, amaliy chora-tadbirlar belgilandi, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi bilan birga, yagona мф muqobil boʻlmagan va besh tomonlama butun Markaziy Osiyo uchun oʻta muhim boʻlgan – Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasini (IFAS) isloh qilish sohasida so’z bordi.
Konferensiya davom etar ekan, ishtirokchilar O’zbekiston va Turkmaniston munosabatlarining ikki tomonalama, o’zaro manfaatli holatini va istiqbollarini, mintaqada yuzaga kelayotgan iqlimiy vaziyat va uning mamlakatlarimiz va butun Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’siri hamda ikki tomonlama siyosiy,iqtisodiy, madaniy gumanitar jabhalar chuqur tahlil etildi. Kun tartibida o‘z yechimini kutayotgan savollarga javob berildi, Markaziy Osiyo davlatlari hududida suv xo‘jaligi va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan takliflar bilan chiqildi.
Nutq boshlagan Markaziy Osiyo Xalqaro institutining bosh direktori Anvar Nosirov ta’kidlashicha , davlatlarning barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar jahon hamjamiyatining va har bir davlatning alohida ustuvor vazifalaridandir. Bu mavzu qit'aning qoq markazida joylashgan va Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyo o'rtasida ko'prik vazifasini o'taydigan Markaziy Osiyo davlatlari uchun nihoyatda dolzarb:
“Markaziy Osiyo mamlakat rahbarlari olib borayotgan siyosat tufayli so’ngi yillarda mintaqaniy siyosiy holati tubdan o‘zgardi. Bu esa uzoq yildan beri yechimiga ega bo’lmagan savol va muammolarning hal bo‘lishi uchun juda katta turtki berdi.”- deydi institut bosh direktori. Bundan tashqari, investitsiyon hamkorlik borasida ham jonlanish kuzatildi, savdo, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida muhim hamkorlik loyihalarini amalga oshirish boshlandi.
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi XMI rektori Jumamirat Gurbangeldiyev o‘zining kirish so‘zida Turkmaniston-O‘zbekiston munosabatlarining bugungi holatini yuqori baholadi.
“O‘zbekiston va Turkmaniston o’rtasida necha asrlar davomida rivojlanib kelgan ikki tomonlama birodarchilik munosabatlari kelgusidagi hamkorlik uchun ishonchli ko’prik bo’lib hizmat qiladi” deya ta’kidladi XMI TIV rektori. “Bu ayniqsa, butun mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash sharoitida muhim ahamiyatga ega”.
“Pandemiyaning salbiy oqibati bo‘lgan global iqtisodiy inqirozni yo’q qilish, shuningdek, global xavfsizlik arxitekturasining beqarorligi va mintaqaviy beqarorlik tufayli Markaziy Osiyo davlatlari yangi tahdid va tahdidlarga qarshi kurashishda mintaqaviy yondashuvlarni ishlab chiqishlari zarur.” Deya qo’shimcha qildi.
MZSM direktori Shiri Shiriev (2012-2018-yillarda O‘zbekistondagi elchi) “Ikki davlat rahbarlarining muntazam muloqotlari Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun kuchli katalizator bo‘lib xizmat qiladi.” –deya ta’kidladi.
“Ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi uzoq yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi va shu munosabat bilan mamlakatlar o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi juda mantiqiy va izchildir” — ta’kidladi MZSM direktori.
Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedov ikki davlat rahbarlarining yaqin aloqalarini davom ettirish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari doirasidagi o‘zaro hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi a’loqalarni har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
XIM xalqaro iqtisodiyot kafedrasirahbari Perxat Charyev Turkmanistonning transport-tranzit salohiyatini rivojlantirishga e’tibor qaratdi.
U Turkmanistonning Oʻzbekiston bilan transport hamkorligini rivojlantirishga tayyorligini taʼkidladi, bu esa mamlakatning dengiz portlari va yangi savdo bozorlariga chiqishini taʼminlaydi.Buning uchun 2011-yilda imzolangan O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar xalqaro transport-tranzit yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni (Ashxobod bitimi) muhim asos deb atadi.
Siyosiy fanlar doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori E’tibor Sultonova " Hozirgi paytda dunyo o‘ta og‘ir sharoitda, yangi ko‘p qutbli dunyo shakllanayotgan bir paytda siyosiy maydonga avvallari noma’lum bo‘lgan yangi omillar kirib kelayotgani barchamizga ma'lum. Yangi qiyinchiliklar bilan birga yangi imkoniyatlar ham paydo bo'lmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarining o'zaro munosabatlarini kuchaytirishga talab ortmoqda. Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “O‘zaro bog‘liqlik, hamkorlik, muloqot va eng muhimi ishonch barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash, xalqlar turmush darajasi va farovonligini yuksaltirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekanligini yaxshi bilamiz.”
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi Bunyod Tillaxo‘jaev " O‘zbekiston va Turkmanistonda yoshlar kamolotiga katta e’tibor qaratilayotgani, buning uchun huquqiy asos yaratilib, amaliy chora-tadbirlar" ko‘rilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, har ikki davlatda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar, ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat ko‘rsatmoqda, navqiron avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, doimo e’tiborda. Keyingi yillarda yoshlarga oid qator huquqiy hujjatlar (qonunlar, farmonlar, Prezident qarorlari va hukumat qarorlari) qabul qilindi. “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti, “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi. O‘zbekistonda 2025-yilgacha yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Markaziy Osiyodagi eng muammoli ekologik muammolar yuzasidan fikr almashishning dolzarbligini ta’kidladilar. Ilmiy tuzilmalar vakillari shu kabi formatda yaqin aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.