Konfliktologiya laboratoriyasi doirasida o'tkazilgan ilmiy seminar haqida ma'lumot. 23.11.2016
25.11.2016 31120
Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri, dotsent U.A.Xasanov «Markaziy Osiyoda suv muammolari» mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzada suv mummolarini hal qilish masalasi va mintaqadagi xafvsizlikning muhim jihatlari yoritilib o'tildi.
U.A.Xasanov ma'ruzasida mintaqa daryolarining qirg'oqlarida joylashgan davlatlarining aniq strategiyalariga to'xtalib o'tdi, xususan Tojikiston kichik va katta GES qurilishlari bo'yicha harakat va rejalari aytildi. Mazkur muammo bo'yicha mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi muammolarda uchinchi tomonning ishtiroki, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi mavqei ma'ruzaning muhim qismi bo'ldi.
Shuningdek ilmiy seminarda «Amaliy diplomatiya» kafedrasi professori A.A.Fayzullaev Markaziy Osiyoda ko'p tomonlama diplomatiya imkoniyatlari mavzusida ma'ruza o'qidi. Fayzullaev A.A talabalarga konstruktivizm zamonaviy maktabining nazariy yondashuvi bilan mustaqil tanishib chiqishni va Markaziy Osiyo konteksida bu nazariyani amaliy qo'llashni taklif etdi.
Ma'ruzachi Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining BMT Bosh Assambleyasidagi oxirgi yillardagi nutqlarini kontent tahlil qilib, ushbu mamlakatlar uchun ko'p muammolar umumiy bo'lib, bu ular o'rtasida muloqotni rivojlantirishga sharoit yaratadi va buning muhim elementi esa fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokidagi xalq diplomatiyasi degan xulosaga keldi.
Ilmiy seminarda «Xalqaro munosabatlar» va «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakulteti o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Ma'ruzadan so'ng ishtirokchilar mavzuni muhokama qildilar.