01.06.2022 1324

Kuni kecha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti faollar zalida 3-bosqich talabalarining JIDU Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori O.A.Yusupdjanov bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yoshlarda bugungi kunda mavjud muammolar, taklif va savollari tinglandi hamda ortiqcha rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmagan holda birgalikda javob topishga harakat qilindi. Muloqot davomida  talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va bandlik bilan ta’minlash, amalga oshirilayotgan loyihalarda talabalarning faollik ko‘rsatishi, ta’limni takomillashtirish hamda Prezident va nomli davlat stipendiyalarda ishtitok etish haqida so‘z bordi.

Talabalar tomonidan bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkillashtirilishi lozimligi sababi bu ularning muammolarini operativ yo‘l bilan hal qilishga ancha qulay ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.