Konfliktologiya labaratoriyasi doirasida o'tkazilgan ilmiy seminar haqida ma'lumot. 14.12.2016
16.12.2016 28333
Xalqaro munosabatlar kafedrasi katta o'qituvchisi Z.Zaripova «Markaziy Osiyoda noan'anaviy xavflar (narkotrafik muammosi)» mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzachi o'zining nutqida mazkur muammoning paydo bo'lishi bilan bog'liq muhim jihatlarga: dunyo miqyosida mazkur muammoning oxirgi yillardagi statistik dinamikasi global tahdid ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Bu yo'nalishda ma'ruza muallifi mintaqa mamlakatlarida narkotik vositalarining tarqalishi va mintaqa mamlakatlarining mazkur muammoga qarshi kurashni kuchaytirish mezonlariga alohida ta'kidlab o'tdi.
Ma'ruzada Afg'onistoning afyun ishlab chiqarishdagi ro'li va o'rni mavzusiga va hozirgi davrda Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha amerikalik, rossiyalik va yevropalik olimlar tahliliga to'xtalib o'tildi. Katta o'qituvchi Zaripova talabalarga BMTning narkotrafik (United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC) World Drug Report 2016.) bo'yicha komiteti hisoboti bilan tanishib chiqishni maslahat berdi.
Ilmiy seminarda «Xalqaro munosabatlar» va «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakulteti o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Ma'ruzadan so'ng ishtirokchilar mavzuni muhokama qildilar.