Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JST kafedrasi ishga tushdi
23.05.2022 1928
Joriy yilning 23-may sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Jahon savdo tashkiloti (JST) kafedralari dasturida (WTO Chairs Programme WCP) oʻz ishtirokini boshlash uchun yuqori darajadagi tadbirni oʻtkazdi.
Mazkur tadbirda JST, BMTning Yevropadagi iqtisodiy komissiyasi, dastur homiylarining (Fransiya, Avstriya, Koreya Respublikasi) yuqori darajadagi vakillari, shuningdek, manfaatdor davlat organlari va nodavlat tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.
2021-yil dekabr oyida JIDU JST kafedralari dasturiga yangitdan kirgan dunyodagi 17 ta’lim muassasalardan biriga aylandi. Bu dastur hozirda butun dunyodagi 36 universitetni oʻz ichiga oladi. JST kafedralari dasturi 2010-yilda oʻz faoliyatini boshlangan. Bu rivojlanayotgan mamlakatlardagi akademiklar va amaliyotchilar oʻrtasida universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va targʻibot ishlari orqali savdo tizimi toʻgʻrisida bilim va tushunchalarni oshirishga qaratilgan dastur bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Ta’lim muassasalarida savdo bilan bogʻliq masalalarda tadqiqotlarni ragʻbatlantirish;
• Xalqaro savdo kurslarini ishlab chiqish va yetkazib berishni qoʻllab-quvvatlash va oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash;
• Targʻibot faoliyatini ragʻbatlantirish;
• Axborotni toʻplash va xalqaro savdoda bilim almashishni ragʻbatlantirish;
• Shugʻullanuvchi akademiklar tarmogʻini tashkil etish;
JIDUdagi JST kafedrasi Markaziy Osiyoda birinchi bu kabi kafedra boʻlib, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va targʻibot ishlari orqali akademiklar va siyosatchilar oʻrtasida JST huquqiy tizimi toʻgʻrisida bilim va tushunchalarni oshirishga qaratilgan. Loyiha toʻrt yilga moʻljallangan (2021-2024).
JIDUda JST kafedrasi uchta asosiy faoliyatni amalga oshiradi:
(1) mavjud kurslarni yangilash, yangi kurslarni joriy etish va JIDUda amaliyotchilar uchun har yili qisqa muddatli yozgi oʻquv kursini tashkil etish orqali JST va xalqaro savdo boʻyicha ilgʻor bilimlarni oʻzbek auditoriyasiga yetkazish;
(2) maxsus tadqiqotlarni olib borish, yosh tadqiqotchilarga uslubiy yordam koʻrsatish va turli fanlar tadqiqotchilari o'rtasida aloqani oshirish orqali inson resurslarini jamlash orqali JST standartlari va JST qonunchiligi sohasidagi tadqiqot salohiyatini oshirish;
(3) tadqiqotchilar, amaliyotchilar, davlat xizmatchilari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida xalqaro savdo tizimi va JST masalalari boʻyicha ochiq munozaralar va mulohazalarni ragʻbatlantirish va turli tadbirlar orqali keng jamoatchilikka ma’lumot tarqatish orqali muloqotni rivojlantirish.
Ushbu tadbirlarning maqsadi JST qoʻshishdan kelib chiqadigan imtiyozlardan maksimal darajada foydalanish va a’zolikdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini minimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdir.
Loyihaning alohida maqsadi Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishining milliy iqtisodiyot va huquqiy tizimiga ta’sirini baholashni modellashtirish orqali JSTga qoʻshilishning tajribasini oʻrganishdan iborat.