21.05.2022 1381

Joriy yilning 18-may kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 280-maktabda “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan tanishing” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda universitetning tashkil topgan  ilk  kunlaridan beri ishlab kelayotgan  professor, siyosiy fanlar doktori Sultanova E’tibor Sidikovna  o‘quvchilarga universitetning yo‘nalishlari, istiqbollari, xalqaro miqyosidagi aloqalari to‘g‘risida batafsil aytib berdi.

Suhbat davomida   slaydlar, videolar namoyish etildi. Universitetning  “Lider qizlar” klubi raisi, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3 bosqich talabasi Ilmiddinova Madina  so‘zga chiqdi.  Suhbat jonli ravishda, savol javoblar  bilan o‘tkazildi. Uchrashuv nihoyasida o‘quvchilar va rahbariyat bilan esdalik fotosuratlarga tushildi. O‘ylaymizki, bunday uchrashuvlar  kelajak avlodga foydalidir.