O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan bellashuvlar
14.01.2017 32628
2017-yil 13-yanvarda JIDU sport zalida jismoniy tarbiya o'qituvchilari hamda "Kamolot" YoIH BT tomonidan O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan bellashuvlar o'tkazildi. Unda hamma muddatli harbiy xizmatni o'tagan va faol talabalar ishtirok etdilar.
Volleybol, krossfit va arqon tortish bo'yicha musobaqalarda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti talabalari g'alaba qozondilar. G'oliblar va faol qatnashganlar "Kamolot" YoIH BT faxriy yorlig'i bilan taqdirlandilar.
Musobaqalar eng kuchli sport komandasini aniqlash, talabalarni tizimli badan tarbiya bilan shug'ullanishga jalb etish, jismoniy o'sish va jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida o'tkazildi.