07.05.2022 1202

Joriy yilning 7-may kuni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov “Olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reytinglarga ta’siri” mavzusidagi III Xalqaro reytinglar forumida faol ishtirok etdi.

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida oʻtkazilayotgan ushbu Forumga 300 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdi. 

Ular orasida BMT, Jahon Banki, BMTTD, Yevrosiyo raqobatdoshlik instituti, Xalqaro antikorruptsiya Akademiyasi vakillari, hukumat vakillari, professorlar, investorlar, yuristlar va jamgʻarma direktorlari ishtirok etdi.