05.05.2022 1151

Joriy yilning 26-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi: yangi vazifalar va imkoniyatlar” mavzusidagi keng doirada Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi.

Konferensiyada 10dan ziyod oʻz sohasining notiqlari, iqtisodchilar, Favqulodda va Muxtor Elchilar, vazir oʻrinbosarlari, bank xodimlari, boshqa oliy ta’lim muassasalari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari, bakalavr bosqich talabalari, magistrant va doktorantlar ishtirok etishdi. 

Konferensiyada muhim masalalar, xususan, mehnat migratsiyasi, Oʻzbekiston iqtisodiy diplomatiyasi, sanksiyalar davrida jahon iqtisodiyotidagi ayrim tendensiyalar, Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tashqi savdoni tartibga solishni liberallashtirish, oziq-ovqat muammolari hamda uni yechimi va boshqa bir qator muhim masalalar koʻrib chiqildi.