04.05.2022 1092

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xalqaro munosabatlar fakulteti 2-kurs talabasi Samandar Sarayev Respublika Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Samandar universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “UWED Store” loyihasini taqdim etdi.

Universitet ma'muriyati talabani tabriklaydi va respublika bosqichida omad tilaydi.