O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning milliy armiyamizni yaratish va rivojlantirishdagi hissalari
14.01.2017 32854
2017 yil 11 yanvar kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda “O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimovning milliy armiyamizni yaratish va rivojlantirishdagi hissalari” mavzusida suhbat o’tkazildi. Suhbatda Milliy armiyamiz tashkil topgani, Qurolli kuchlarimizning qudrati hamda harbiy xizmatni jasorat bilan o’tayotgan yurtimiz o’g’lonlariga yaratilgan sharoitlar to’g’risida so’z yuritildi. Mavzuga doir ochiq taqdimot namoyish etildi. Bunda suveren O’zbekistonning Qurolli Kuchlariga asos solgan Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xotirasi esga olindi. Bugungi kunda harbiy qo’shinlarni modernizatsiya qilish va ularni eng yangi qurol-yarog’ va texnika, havo hujumi vositalari va vertolyotlar, bronetank qurollari, artilleriya tizimlari, aloqa vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish muhim ekanligiga urg’u berildi.
Ochiq taqdimotda “Xalqaro munosabatlar” va “Xalqaro huquq” fakulteti 2 kurs talabalari ishtirok etdi. Suhbatni guruh murabbiylari Nargiza Rashidovna Kadirova, Saida Malikovna Abdullaeva va Aziza Abdullaevna Usmanovalar olib bordi. Suhbat davomida O’zbekistonimizning Milliy armiyasi zahiralariga bag’ishlangan filьm namoyish etildi. Mamlakatimizning Qurroli kuchlari safidan o’rin olgan talabalar armiyada qo’lga kiritgan bilim va malakalari to’g’risida gapirib o’tdi. Suhbat so’ngida talabalarga yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik so’zlar aytildi.