29.04.2022 1200

2022-yilning 28-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani “Bo’z” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida JIDU “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchilari ushbu mahalla vakillari va uning raisi O.Panfilova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga mazkur mahalla fuqarolari ham taklif etildi.

Suhbat chog‘ida ayrim loyihalarni amalga oshirish uchun mahallada moliyalashtirish va mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘liq ayrim masalalar muhokama qilindi. Xususan, mahalla hududida, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash muammolarini hal eta oladigan tikuv joyi tashkil etish uchun kichik biznes subyektlariga kredit ajratish tartibi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Tadbirkorning ustaxona ochishiga kredit olishi uchun barcha zarur hujjatlar tayyor bolishiga qaramay, kredit beruvchi bank tomonidan  bu masala haligacha hal qilmagan.

“Yashil Makon” loyihasi doirasida turar-joy binolari hududiga ekilgan daraxtlarni sug‘orish masalasi ham muhokama qilindi. Daraxtlar ekilgan, lekin ularni sug'orish uchun quvurlar o’tkazilmagan. Bu ham mahalladagi mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘liq. Raisning fikricha, bu loyihani amalga oshirishga ishbilarmon va tadbirkorlarni jalb qilib bo‘lmayabdi, chunki  sarmoyani jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini yaratilmagan.

Yig‘ilishda o‘qituvchilar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish va kredit berish tartibi, qo‘yilgan vazifalarni hal etish bo‘yicha hokimiyatga murojaatnoma tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.