29.04.2022 1180

2022 yilning 22- aprelida "Roman-German tillari" kafedrasi ispan tili oʻqituvchilari va ispan tilini ikkinchi xorijiy til sifatida oʻrganuvchi talabalar ishtirokida "Ispaniyada bir kun" nomli tadbir oʻtkazildi.

Tadbirni o’quv ishlari bo’yicha prorector D.U. Amanov ochdi va universitetda chet tillarini o’rganishga katta ahamiyat berilishi xamda O’zbekiston va Ispaniya mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning yildan yilga rivojlanayotganligi haqida so’zladi,  hamda kelasi oʻquv yilidan ikkinchi xorijiy tillarga ajratiladigan soatlar yana koʻpayishi, JIDU talabalari, nafaqat mutaxassislik fanlarini, balki, chet tillarini mukammal oʻrganishlari muhim ekanligini ta'kidladi. Tadbirda  Ispaniyaning Oʻzbekistondagi Faxriy Konsuli Carlos Martínez Ferrero ishtirok etdi. Bayram Oʻzbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ganiyev Jahongir Dunnanovichning JIDU talabalariga yoʻllagan video tabrigi namoyishi bilan boshlandi. Oʻrta Asrlar Ispaniyasiga sayohat mazmunida tayyorlangan spektaklda Ispaniya va ispanzabon mamlakatlar madaniyati aks etgan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Shu narsa e'tiborga molik boʻldiki, barcha qoʻshiqlar talabalar tomonidan jonli ijro etildi. Bayram soʻngida "Ispan tili bilagʻoni" viktorinasining 1-oʻrin sohibi Mariam Bochoroshvili, 2- oʻrin sohibi Babayev Shaxriyor va 3 oʻrin sohiblari Sharafiddinov Davronbek va Kodirjonov Azizbek Ispaniyaning Oʻzbekistondagi Faxriy Konsuli Carlos Martínez Ferrero qoʻlidan diplomlarni qabul qilib olishdi. Janob Konsul yangi oʻquv yilidan JIDUda ispan tilidan til tashuvchi oʻqituvchi ta'lim berishni boshlashini ma'lum qildi va talabalarga ajoyib tadbir uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir yorqin daqiqalarga boy boʻldi va barchada iliq taassurot qoldirdi.

Spanish Presentation