Professor Tomas Kottierning tomonidan Jahon savdo tashkiloti huquqi va amaliyoti bo‘yicha mehmon ma’ruzasi
28.04.2022 1338
2022-yilning 25-aprel sanasida JIDUning “Xalqaro huquq” fakultetining bir guruh talabalari uchun JST huquqi va xalqaro iqtisodiy huquq bo‘yicha taniqli ekspert, Ko‘p tomonlama vaqtinchalik apellatsiya arbitraji kelishuvi (Multi-Party Interim Appeal Arbitration Arrangement – MPIA) doimiy hakamlaridan biri professor Tomas Kottier (Thomas Cottier) tomonidan MPIA bo‘yicha mehmon ma’ruza tashkil etildi. Ushbu interfaol mashg‘ulot davomida talabalar MPIA arbitraj qoidalari va tartiblari, shuningdek JST nizolarni hal qilish tizimining amaliy masalalari bilan tanishdilar.
Ma’ruzachining tarjimai holi
Tomas Kottier Jahon savdo institutining (JSI) sobiq boshqaruvchi direktori, Bern universitetining Yevropa va xalqaro iqtisodiy huquq professori. U konstitutsiyaviy nazariya va intellektual mulk huquqiga alohida e’tibor qaratgan holda xalqaro iqtisodiy huquq sohasida ko‘plab maqolalar nashr etgan. U 2006-yildan 2014-yilgacha JSI tomonidan olib borilgan savdo huquqi va siyosati bo‘yicha milliy tadqiqot dasturini boshqargan. Professor bir nechta jurnallarning tahririyat a’zosi hisoblanadi. U mehmon professor sifatida Jeneva, Parij I Sorbonna, Barselona universitetiga tashrif buyurgan, Germaniyaning Saarbr Yevropa institutida, Xitoyning Vuxan universitetida, Torino universitetida va Kanadaning Ottava universitetida muntazam ravishda dars berib kelmoqda. Tomas Kottier 1997-yildan 2004-yilgacha Shveytsariya Milliy tadqiqot kengashining a’zosi bo‘lgan va shu davrda Rim xalqaro o‘simliklarning genetik resurslari instituti (IPGRI) kengashida ishlagan. Professor Kottier shuningdek 1998–2005 yillarda Baker & McKenzie yuridik firmasida maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan. U Shveytsariyaning Tashqi iqtisodiy aloqalar idorasida bir qancha lavozimlarda ishlagan va Shveytsariya Intellektual mulk idorasi bosh direktorining o‘rinbosari bo‘lgan. Kottier GATT/JST doirasida uzoq faoliyat yuritgan. U 1986-1993 yillarda Urugvay ko‘ptomonlama muzokaralarida Shveytsariya muzokaralar guruhida ishlagan, avval Shveytsariya uchun nizolarni hal qilish va subsidiyalar bo‘yicha va keyinchalik TRIPSda bosh muzokarachi sifatida ishlagan. U bir nechta GATT va JST panellarining a’zosi yoki raisi bo‘lib ishlagan va hozirgi kunda esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalarini ko‘rib chiqadigan yuqori darajadagi panelda xizmat qilmoqda.
Mehmon ma’ruzalar haqida
Mehmon ma’ruzalar seriyasi “Xalqaro huquq” fakulteti (JIDU) bakalavriat talabalari uchun “JST huquqi va amaliyoti” tanlov kursi doirasida tashkil etilgan. Ushbu kurs Bern universitetining Jahon savdo instituti ekspertlari tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan hamda Xalqaro savdo markazi (Jeneva, Shveytsariya) va O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Ushbu semester davomida yana quyidagi masofaviy mehmon ma’ruzalari tashkil etiladi:
- Maykl Xan tomonidan “Yevropa Ittifoqi – Savdo siyosati bo‘yicha so‘nggi o‘zgarishlar” mavzusidagi ma’ruza (30 May 2022, Toshkent vaqti bilan 13:00 dan 14:20 gacha)
- Xong Chjao tomonidan “Xitoy – savdo siyosati bo‘yicha so‘nggi o‘zgarishlar” mavzusidagi ma’ruza (6 iyun 2022, Toshkent vaqti bilan 13:00 dan 14:20 gacha)
- Juneyoung Li tomonidan “JSTga a’zo bo‘lish” mavzusidagi ma’ruza (13 iyun 2022, Toshkent vaqti bilan 13:00 dan 14:20 gacha)
Shuningdek:
JIDU Bern universitetining Jahon savdo instituti bilan hamkorlik qiladi