26.04.2022 1135

Talabalar turar joyida o‘tkaziladigan tadbirlar jadvaliga asosan, “Roman-german tillari” kafedrasi nemis tili sho‘basi o‘qituvchilari ham talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

G.R. Asatova talabalar bilan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni” hamda “Germaniya Federativ Respublikasining birlashgan kuni” mavzularida viktorina o‘tkazdi. Mavzuga doir tarqatma materiallar tayyorlandi. Talabalar katta va kichik guruhlarda ham ishlab, boshqotirmada juda faol qatnashdilar.

S.S. Hamroqulova talabalar bilan “Germaniyada Pasxa bayrami” va “O‘zbekistonda Hayit bayrami” mavzularida tanishtiruv suhbati o‘tkazdi. Sitora San’atovna talabalarga ushbu bayramlar tarixi haqida ma’lumot berdi, bayramlar ramzlari, an’analari va ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Ushbu mavzuda talabalar bilan savol-javob o‘yinlari o‘tkazildi. 

Sh.M. Abdug‘aniyeva talabalar bilan “Germaniyada Rojdestvo va Yangi yil”, shuningdek, “O‘zbekistonda Navro‘z bayrami” mavzularida davra suhbati o‘tkazdi. Talabalarga ushbu bayramlarning tarixi, Germaniya va O‘zbekiston Respublikasi hududida an’anaviy tarzda nishonlanishi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘z bilimlarini viktorina orqali sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.