23.04.2022 1408

21-aprel 2022-yilda Xalkaro munosabatlar fakulteti 1-kurs talabalari tyuteri boshchiligida "Magic city" da tashkil etilgan kitob yarmarkasiga tashrif uyushtirildi.

Kitob - insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga boʻlgan muhabbat, uni qadrlash, oʻqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.

Yarmarkada mashhur adiblarimizning badiiy, tarixiy asarlari, jahon adabiyoti durdonalari, bestseller kitoblar hamda barcha kodekslarning yangi tahrirdagi kitoblar taqdim etildi.