21.04.2022 1246

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi va o‘zbek va rus tillari kafedrasi hamkorligida  2022-yilning 14-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Ayollar va qizlar uyushmasi raisi Nasiba Qodirovna Mirodilova bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2022-yil 14-aprel kuni  JIDUda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 4-mart kuni qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarni jamiyatning ilg‘or vakillari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ayollar va qizlar uyushmasi raisi, tadbirkor, jamiyatimizning faol ayollaridan biri Nasiba Qodirovna Mirodilova bilan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.  Mehmon O‘zbekiston ayollar va qizlar uyushmasi faoliyatining  maqsadi ishbilarmon ayollar va qizlar, shuningdek, yoshlarga ko‘mak berish, ularni himoya qilish, huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, ularga maslahatlar berish, xalqaro aloqalarni o‘rnatishda yordam berish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligini qayd etib, talabalarning yangi g‘oya va biznes-rejalarini amalga oshirishda amaliy ko‘mak va zarur maslahatlar berishga tayyor ekanligi borasida o‘z takliflarini berdi. Uchrashuvda JIDU bitiruvchilari ham ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi profesor E’tibor Siddiqovna Sultanova talabalarni o‘qish bilan birgalikda, dars jarayoniga ta’sir qilmagan holda kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladigan faoliyat bilan shug‘ullanishi talabaning kelajagi uchun muhim ekanligini  ta’kidlagan holda, talabalarimizga uyushma faoliyati bilan yaqindan tanishish, talabalarga yaratilayotgan qator dastur va loyihalarda ishtirok etib, o‘z salohiyatidan oqilona foylanish zarurligini ta’kidladilar.

Uchrashuv so‘ngida talabalar  mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar,  foydali maslahatlar oldilar. Bunday  uchrashuvlarning o‘tkazilishi talabalarga zarur ma’lumotlarni berish bilan bir qatorda jamiyat o‘z o‘rinlarini topishda katta yordam bo‘lib  xizmat qiladi.