19.04.2022 1196

Joriy yilning 19-aprel kuni JIDUda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudyalari O.V.Svyatkov va B.E.Qayumov raisligida sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sud majlisida universitetning yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Yusupjonov, Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori o‘rinbosari hamda 2-3-kurs talabalari ishtirok etdilar.

Giyohvand moddalarning savdo aylanishi va giyohvandlikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha ikkita sayyor sudi o‘tkazildi. Talabalar jinoyat ishini ko‘rib chiqishda ishtirok etdilar va amaliy sud ishi misolida nazariy bilimlarini mustahkamladilar. Sud majlisiga 3 nafar ayblanuvchi keltirilib, ulardan ikki nafarining jazosi yumshatildi va undan ozod etildi.

Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashga qaratilgan tadbir voqealarga boy bo‘lib, talabalar butun sud jarayonini amalda baholay olishdi. Jarayon so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.