19.04.2022 1153

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan joriy yilning 19 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Pekin universiteti xalqaro tadqiqotlar vakillari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti delegatsiyasi bilan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. O'zbek delegetsiyasi tomoni bilan uchrashuvda:  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori - Safoyev S.S,  JIDU birinchi prorektori- Amanov.D.U,  Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori - Saidqosimov S.S, JIDU ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori - Ismailova G.S va Xalqaro bo‘lim boshlig‘i- Muxitdinov A.I. ishtirok etishgan bo'lsa, Xitoy delegatsiyasi tomonidan : Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti - Ji Jinbiao,  Vitse-prezident - Chjen Chengjun, Prezident yordamchisi - Zou Tongqian, Xalqaro bo'lim boshlig'i - Yu Gang, Yan Xong – Xalqaro departament direktori o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi – Farhod Nuritdinovich Arziev ikki tomonlama uchrashuv vositachisi sifatida hamda, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi- Mamajonov N, elchixona konsuli- Yahyaev B. ishtirok etishdi.

O‘zbekistonning XXRdagi  elchisi F.N.Arziyev so'z boshlar ekan, mehmonlarni tanishtirdi va O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar haqida qisqacha fikr bildirdi, JIDU va Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti o‘rtasidagi hamkorlik rivojiga umid bildirdi. 

Universitet rektori Safoev S.S. Xitoy va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasidagi aloqalar mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi doirasidagi muhim siyosiy tarkibiy qism ekanligini va bu respublikada ilmiy va ta’lim faoliyatini modernizatsiya qilish, kengaytirish bo‘yicha harakatlar dasturiga kiritilganini ta’kidladi. Ushbu uchrashuv 2022-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti arafasida o‘tkazilayotgani alohida ta’kidlandi.

Ismailova G.S JIDUning intellektual salohiyati va imkoniyatlarini yoritib berish bilan birga, mehmonlarga JIDUda 100 dan ortiq talaba xitoy tilini o‘rganishi haqida ma’lumot berdi.

Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti Ji Jinbyao o‘z nutqida joriy yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti muhimligini ta’kidladi. Yosh diplomatlarni tayyorlaydigan o‘z universiteti haqida taqdimot qildi.Mazku universitet bitiruvchilari XXRdan dunyoning turli mamlakatlaridagi elchisi bo‘lishdi. Hozirda universitetda 10 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, ulardan 1 mingga yaqini chet ellik talabalardir. O'qituvchilar tarkibidan 1 ming kishi bor bo'lib, shundan qaryib 60 nafari chet ellik ustozlardir.29 ta xorijiy tillar oʻrgatiladi. Hozirda iqtisodiyot, menejment, moliya, turizm va hokazo fakultetlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xulosa o‘rnida Ji Jinbiao hamkorlik memorandumini tuzish, muhokama etilayotgan masalalarni o‘rganish va tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishni taklif qildi hamda qulay epidemiologik vaziyatda JIDU rahbariyatini Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetiga taklif qildi.

Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetining xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-prezidenti talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy tadqiqot va xalqaro konferensiyalar, qo‘shma o‘quv dasturlari, onlayn darslar, axborot-kutubxona resurslari va kitoblar almashish kabi sohalarda hamkorlikni taklif qildi.

Prof. Saidqosimov S.S JIDUning xalqaro aloqalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi. Xususan : o‘quv dasturlarini yangilash, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamli iqtisodiyot, raqamli huquq, diplomatiya, raqamli texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Xalqaro savdo oliy maktabini tashkil etish ham bundan mustasno emas. Talabalar uchun ma’ruza mavzulari qatorida “Xalqaro savdo va moliyaviy tashkilotlarda Xitoy tajribasi” kabi mavzular ham bor edi. JSTda “Zamonaviy iqtisodiy muammolarni hal etishning innovatsion usuli”, “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanish boʻyicha Xitoy tajribasi”, “Bir kamar – bir yoʻl” va boshqalar.

Bo‘lajak xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar mavzulari sifatida “ShHT doirasida mintaqaviy xavfsizlik va Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishini ta’minlash masalalari”, “Afg‘on inqirozini hal qilish yo‘llari va istiqbollari” va hokazolar taklif etildi.

Uchrashuv yakunida Safoev S.S. JIDUning “Xalqaro munosabatlar” jurnali haqida so'z ochdi va xitoylik olimlarni ushbu jurnalda chop etish uchun ilmiy maqolalar tayyorlashga taklif qildi. Shuningdek, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti rahbariyatini o‘zaro kelishilgan sanada JIDU ga tashrif buyurishni taklif qildi.

Muzokaralar davomida yaqin vaqt ichida hamkorlik memorandumini tuzishga kelishib olindi.