O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga tashrif
14.01.2017 29978
Vatan himoyachilari kunini nishonlash arafasida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2 bosqich talabalari O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. Ushbu muzey ilmiy-tadqiqod maskani bo’lib hisoblanib, O’zbekistonning harbiy tarixini o’rganish, boyitish va xotiralash hamda harbiy burchini o’tayotgan fuqarolar, yoshlar va aholini vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ekskursiya davomida talabalar muzeyning boy va keng ko’lamga ega bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston xalqining rivojlangan harbiy san’ati tarixi ekspozitsiyasi bilan tanishib chiqdi, shu qatorda O’zbekistonda tashkil topgan Qurolli kuchlari tarixini o’rganishga muyassar bo’ldi.
Talabalar diqqatini turli qurol-yaroq predmetlari: kremniy toshlardan ishlangan o’q otish moslamalari, shuningdek, o’rta asrda ishlangan qurol-aslahalar, zamonaviy harbiy texnika buyumlari o’ziga jalb etdi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurga bag’ishlangan ekspozitsiya talabalarda alohida qiziqish uyg’otdi. “Jasorat” parkida joylashgan “Vatanga qasamyod” monumenti oldida talabalar esdalik uchun suratga tushdi. Muzeyga bo’lgan tashrif katta qiziqish uyg’otdi.