14.04.2022 1017

Yig‘ilishda JIDU qoshidagi Yuridik klinika faoliyati, ichki loyihalari va ularning bugungi kunda talabalar tomonidan amalga oshirilayotganligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda so'ngi yillarda Farg‘ona vodiysida ham BMT Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi tashabbusi bilan yuridik klinikalar faoliyat boshlaganligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar BMT Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi va JIDU yuridik klinikasi o‘rtasida hamkorlikning yo‘nalishlari va konsepsiyasini yaratish, shuningdek, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham Yuridik klinikalar bilan aloqa o‘rnatishga kelishib oldilar.