14.04.2022 1066

2022-yil 9-aprelda Willem C. Vis Tijorat Arbitrajining rasmiy og‘zaki bosqichi boshlanganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.  Mehriniso Djumanazarova, Mohlaroyim Zokirova, Shahlo Qahramonova, Karimboy Ruziboyev, Malika Muminova va Bobur Tog‘ayevdan iborat UWED Vis Moot jamoasi ikkita memorandumni muvaffaqiyatli topshirib, Thammasat universiteti (Tailand), Tsingua universiteti (Xitoy), Vilnus universiteti (Litva) va Milliy yuridik instituti universiteti, Bhopal (Hindiston) kabilar bilan umumiy bosqichlarda chiqishdi.

29-Vis Moot UWED jamoasi katta yordam bergan va hissa qo'shgan xalqaro murabbiy janob Dario Simone Palmiottiga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

UWED Vis Moot jamoasiga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.