13.01.2017 29619

       Universitetning Axborot-resurs markazida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari shakllanganligining 25-yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi. Talabalar va JIDU xodimlari O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari asosida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil topishida olib borilgan islohatlar, shuningdek, milliy armiyamizning O'zbekistonda xavfsizlikni mustahkamlash va tinchlikni saqlashga qo'shayotgan hissalari to'g'risida maxsus adabiyotlar va nashrlar bilan tanishib o'tishlari mumkin.