09.04.2022 1089

Joriy yilning 9 – aprel sanasida JIDU Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori, Favqulodda va Muxtor Elchi S.Saidqosimov universitet talabalari, yosh olimlari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Tadbirda rektor maslahatchisi O.Turdimatov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusupdjanov, barcha fakultet dekanlari, professor o’qituvchilar, talaba-yoshlar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin – qizlar maslahat kengashi qoshidagi  Mirzo Ulugʼbek tumanidagi 20 ta mahalla fuqarolar yigʼinidan “Olima ayollar” ishtirok etishdi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusupdjanov kirish so’zlarini aytib, Amir Temur merosi shijoat, mardlik va adolat namunasi sifatida qadr va e’zoz topayotganini ta’kidladi. Binobarin, Sohibqiron qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi, dunyo sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk bunyodkordir.

Bugungi ochiq muloqot O‘zbek davlatchilik tarixida buyuk nom qoldirgan ulug‘ sarkarda Amir Temur xotirasini yod etish, yoshlar qalbiga tarixiy xotira, buyuk o‘tmishga daxldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, talabalarning taklif va mulohazalari bilan erkin muloqotga kirishishga chaqirdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganligi, yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, yoshlar har jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotganligi ta’kidlandi.

S.Saidqosimov  o‘z nutqida universitetda yaratilgan sharoitlar havas qilgudek, shunga yarasha uni sifat va mazmun bilan boyitish kerakligi, mustaqil tarzda yuqori darajalarini egallashi kerakligi va buning uchun ko‘proq  amaliyotni o‘rganish kerakligini ta’kidladi.

Tadbirning eng qiziqarli tomoni shunda bo‘ldiki, S.Saidqosimov talabalarni dunyo qarashi, fikrlashini oshirish uchun bir qancha tarixiy voqealar bilan o’rtoqlashti. Talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarning barchasiga javob oldilar.  

Muloqot so’ngida S.Saidqosimov tomonidan kelajakka qadam qo‘yishda poydevor bo‘lib xizmat qiladigan bir qancha maslahatlar berildi.