08.04.2022 1055

Joriy yilning 15-mart kuni JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalariga Jinoyat huquqi fani doirasida “Jinoyat va jinoyatlarni tasniflash” va “Jinoyatchilik tushunchasi hamda uning miqdor va sifat ko`rsatkichlari” mavzularida mahorat darsi o`tkazildi. Ushbu mahorat darsi Toshkent davlat yuridik universiteti va Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Professori, y.f.d., Prof. Q.Abdurasulova va JIDU dekan muovini S.Ibadullayevlar tomonidan o`tkazildi. Mahorat darsida talabalar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.