06.04.2022 1216

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga o‘z vaqtida yetkazilishini taʼminlash nazarda tutilgan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 31-martdagi 4/25-4/1-1520-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini, shuningdek qonunchilikdagi yangi o’zgartishlar va qo’shimchalar bo’yicha tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun qonun hujjatlari matnlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi “www.lex.uz”da tanishib chiqish mumkin.