06.04.2022 1101

2022-yilning 30-martidan 1-aprelgacha Pensilvaniya universiteti professori, magistratura va xalqaro dasturlar bo‘yicha dekan yordamchisi Stiven Barns “Xalqaro huquq” fakultetining 1, 2, 3-kurs talabalari uchun seminarlar o‘tkazdi.

Talabalar AQSH huquqiy tizimi bilan yaqindan tanishish, AQSh Konstitutsiyasiga muvofiq ijro va qonun chiqaruvchi hokimiyatlarning to’g’risida, shuningdek, konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar boʻyicha ekspert fikrini tinglash imkoniga ega boʻldilar. Bundan tashqari, professor Barnsga universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, bugungi kunda talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berildi.

Professor Barns JIDU talabalarining nafaqat huquq sohasi bo’yicha bilimlari, balki ingliz tilini ham mukammal o’zlashtirganliklari haqida ijobiy fikr bildirdi, hamda Universitet tomonidan talabalarning faol hayoti uchun katta imkoniyatlar yaratilayotganligidan chuqur ijobiy taassurotlarga ega bo’lganligini ta’kidlab o’tdi.