01.04.2022 1111

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tamonidan O’zbekiston BMT ga a’zo bo’lganligining 30 yilligi munosabati bilan 29-mart kuni tashkil etilgan “Barqaror taraqqiyot yo’lida xalqaro hamkorlik: BMT va O’zbekiston” mavzusida yosh tadqiqotchilarning Respublika amaliy konferensiyasida "Xalqaro huquq" fakulteti 3-kurs talabasi Kamalov Sag'inbay o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

U ushbu konferensiyada "Guaranteeing human rights in Uzbekistan" mavzusida Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarning zamirida inson huquq va erkinliklariga boʻlgan eʼtibor, insonlarning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish kabi gʻoyalarni bosh maqsad qilib qoʻyilganligi, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning taʼminlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatni barpo etishning muhim jihatlari bo'yicha nutq so'zladi.