01.04.2022 1151

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha  chora tadbirlar tog‘risida”gi ПФ-6208-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi ПФ-6208- sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida”gi 202-sonli Buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2022-yil 31-mart kuni “Ahmad Yugnakiy” MFY hamda JIDU Xalqaro Munosabatlar fakulteti 1-3-kurs tyutorlari tomonidan yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzib chiqildi. Rejaga muvofiq, yaqin kunlarda sport yo‘nalishida o‘rtoqlik uchrashuvlari, uyushmagan yoshlar o‘rtasida psixologik treninglar, besh tashabbus bo‘yicha  tashkil etiladigan tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazishga kelishildi.