"Xalqaro huquq" fakulteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan mahorat darsi tashkil etildi
30.03.2022 1362
2021-2022-o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish, talabalarni sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli talabalarni amaliyot va ishga jalb qilish maqsadida 2022-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Davlat – inson uchun” tamoyili” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi D.Karimov tomonidan olib borildi. Unda Oliy sud vakili, “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi D.Karimov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakultetini 2006-yilda tamomlagan.