21.03.2022 1368

Joriy yilning 20-mart kuni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyida “Bahoriy ijodiy tushlik” tashkil etildi. 

Ushbu tadbirda JIDU prorektori O.Yusupdjanov, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani muovini S.Tillaxodjayeva hamda TTJda istiqomat qiluvchi talabalar ishtirok etdi. 

Tadbir dasturiga koʻra, tashkilotchilar tomonidan teatr spektakli, “UWED TALKS” hamda “Lison ut-Tayr” kitobining muhokamasi taqdim etildi.