18.03.2022 1529

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-92 sonli qarori va 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʼllab –quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-87 Farmoni bandlarini tizimli bajarish maqsadida, joriy yilning 16 mart kuni, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin – qizlar maslaxat kengashi qoshidagi “Olima ayollar” va “Lider qizlar” klubi faollari tomonidan “Yangi Oʼzbekiston Lider ayollari” mavzusidagi seminar trening boʼlib oʼtdi.

Seminar treningda, Mirzo Ulugʼbek tumanidagi 20 ta mahalla fuqarolar yigʼinidan “Yoshlar va xotin-qizlar yetakchilari” jalb etilgan boʼlib, yetakchilarga qonun ijodkorligi hamda 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʼllab –quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi   PF-87 Farmoni bandlari batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, universitet yetakchi qizlari tomonidan “Jahon va yangi Oʼzbekiston lider ayollari”ning siyosat va jamiyatdagi oʼrni haqida taqdimot qilib berildi.

Seminar trening soʼngida kelgusidagi rejalar boʼyicha fikr almashilib, tumandagi MFY “Yoshlar va xotin-qizlar yetakchilari” tomonidan, joylarda ham shu kabi oʼquv kurslari tashkil etilishi haqida JIDU XQMK kengashi tomonidan taklif berildi.

Seminar trening ishtirokchilari oʼzlariga kerakli maʼlumotlarni oldilar va kelgusida yana shunday uchrashuvlar tashkil etilishi haqida kelishib olindi.

JIDU XQMK