28.11.2015 39452

Joriy yilning 28 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Inson huquqlari” o'quv kursi doirasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati binosida sayyor dars mashg’uloti o'tkazildi. Sayyor dars mashg’ulotida Kotibiyat xodimlari, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir talabalarga “Inson huquqlari” fani bo'yicha olgan bilimlarini yanada mustahkamlashga, inson huquqlarini himoya qilish amaliyoti bilan yaqindan tanishishga hamda ularda tegishli amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam berdi.