09.03.2022 1561

Joriy yilning 7-mart kuni JIDU Yuridik klinikasi va Street Law jamoasi mehmonlari: bolalar uchun odil sudlovni ta'minlash bo'yicha UNICEF ekspertlari, Frensis Shean va Antonia Ludeke bilan birgalikda “Bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta'minlash: O‘zbekistonning dolzarb muammolari” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

“Street law” jamoasi hamda Xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun Frensis Shean bolalarga odil sudlovni ta'minlash bo'yicha ma'ruza qildi. Shuningdek, davra suhbatida talabalar bu sohada o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan savollarga javoblar olishdi.

So‘ngra “Street Law” jamoasi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi, O‘zbekistonda bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha mutaxassislar bilan qimmatli tajriba almashdi. Shu bilan birga, muhokamada universitet prorektori Odil Yusufjonov va Xalqaro huquq fakulteti dekani Umid Yakubxo‘jaevlar ham ishtirok etdilar.