07.03.2022 1390

2022-yil 5-mart kuni O‘zbekiston zamonaviy san’at markazida, O‘zbekistonning Venetsiyada bo‘lib o‘tadigan 59-xalqaro biennalesi-“La Biennale Di Venezia”dagi ishtirokiga bag‘ishlangan ochiq muhokama bo‘lib o‘tdi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 59-Xalqaro san’at ko‘rgazmasi – Venetsiya biennalesida “Dixit Algorizmi – The garden of knowledge” ko‘rgazmasini taqdim etishdan mamnun. Ko‘rgazma davomida pavilon uchrashuv va fikrlar almashinuvi maydoni sifatida qayta ishlangan bo‘lib, unda bizning davrimizni belgilab beradigan texnologiyalarning kam o‘rganilgan manbalariga bag‘ishlangan tadbirlar, mahorat-darslari, takliflar va suhbatlarning ommaviy dasturi o‘tkaziladi.

“Dixit Algorizmi” da zamonaviy dunyoda ko‘p holatlar uchun javobgar bo‘ladigan algoritmlar konsepsiyasiga hamda uning ixtirochisi, IX-asrda hozirgi Oʻzbekiston hududidagi Xiva shahrida tugʻilib oʻsgan bilimdon, “algebraning otasi” va “informatikaning ajdodi” deb hisoblanadigan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston pavilonining dizayni ana shu an’anaga roiya etgan holda joylashtiriladi, islomiy bog‘ an’analarini yig‘ish va tajriba almashish joyi sifatida qayta talqin etiladi hamda tadqiqot, mulohaza va tajribalar uchun texnologik jihatdan takomillashtirilgan makonga aylanadi.

Ochiq muhokamada JIDU talabalari faol ishtirok etishdi. Yakuniy qismda suhbatdan olgan taassurotlari va o‘z fikrlari haqida telekanal muxbirlariga intervyu berishdi.