JIDU Xalqaro huquq fakulteti talabalarining Willem C. Vis nomidagi Xalqaro tijorat arbitraji bo'yicha musobaqasida ishtiroki
07.03.2022 1247
Universitetning Xalqaro huquq fakultetining iqtidorli talabalaridan tashkil topgan UWED Vis Moot jamoasi o’zining navbatdagi do'stona mashg'ulotini Hindistonning nufuzli universiteti bilan o’tkazdi. NEW LAW COLLAGE BVDU, Pune Universiteting Vis Moot jamoasi bilan 2 roundlik chiqishlarda, UWED Vis Moot jamoasi Da'vogar va Javobgar tomonlarini himoya qilib ishtirok etishdi.
Do'stona mashg'ulotlar UWED qoshidagi Yuridik klinika rahbari Ubaydullayev Z.S. ko'magi va qo'llab quvvatlashi bilan tashkil etildi.
Kelgusida kutilayotgan boshqa pre-mootlarda ham Vis Moot team o'zining faolligini yo'qotmaydi!