"Xalqaro huquq" fakulteti talabasi ayollar huquqlariga bagʻishlangan tanlovda gʻolib boʻldi
06.03.2022 1329
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon oʻtkazildi.
Ishtirokchilar qatorida universitetimizning “Halqaro huquq” fakultetining 4-bosqich talabasi Narzullayeva Mulkijahona 3 oʻrinni egalladi.
Universitet jamoasi M.Narzullayevani va uning ota-onasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi ilmiy-ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.