05.03.2022 1522

Joriy yilning 4 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,  O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi,  xamda “Olima” ayollar uyushmasi bilan hamkorlikda 8 Mart - xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, maktabgacha ta’lim, innovatsiya, sog‘liqni saqlash, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirliklari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining rafiqalari, JIDU o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.

Bayram tadbiri jamiyatimizning faol va iste’dodli ayollari ishtirokida o‘tdi. Har bir ishtirokchi dilni ilhomlantiruvchi va bayramona shukuhni his etdi. Tadbirda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyev mehmonlarga qutlov tabrigi bilan murojaat qildi.

S.Safoyev zamonaviy dunyoda ayollarning o‘rni beqiyos ekanligi, nozik hilqat vakillari nafaqat o‘zlarini iqtisodiyot, siyosat, fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va boshqa sohalarda ijobiy va ijodiy energiyalarini sarflamoqdalar, balki ushbu sohalarni rivojlantirish tendensiyalarining shakllanishiga salmoqli hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva o‘z nutqida, O‘zbekiston xotin-qizlari mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi o‘rni tobora ortib borayotganligini, bu davlat darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi. Yangi va jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda dunyoda ayollarning ta’sir kuchlaridan unumli foydalanish va sayyoramizda havfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi direktori Q.Sabirovning ta’kidlashicha, xalq diplomatiyasini rivojlantirishda xotin-qizlar hissasi beqiyosdir. Ayollar hushmuomala, g‘amxo‘r va mehribon bo‘libgina qolmay, mamlakatlar o‘rtasida tinchlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda ham jonbozlik ko‘rsatib kelmoqdalar, nizolarni bartaraf etish va davlatlar o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatishga intilmoqdalar. Xotin-qizlar faoliyatidagi yana bir muhim vazifa - an’anaviy insoniy qadriyatlarni asrab-avaylash va avloddan-avlodga o‘tkazishga qaratilgan madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish hisoblanadi. Qobiljon Sabirovning fikricha, jamiyatda ayollarning siyosiy va ijtimoiy roli vaqt o‘tishi bilan faqat ortib boradi. 

Tadbir ishtirokchilariga Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Szyan Yan xonim ham murojaat qildi. Xitoy diplomatik missiyasi rahbari o‘z tabrik videomurojaatida tadbir qatnashchilarini va O‘zbekiston Respublikasining barcha ayollarini 8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklab, dunyoning barcha mamlakatlarida jamiyatni rivojlantirish va shakllantirishda ayollarning roli muhim, bebaho ekanligini izohlab o‘tdi.

Toshkent shahar “Olima” ayol olimlar uyushmasi raisi E.Sultonova o‘z nutqida mamlakatimizning barcha sohalarida kuzatilayotgan tub o‘zgarishlarda xotin-qizlarning ahamiyati va ishtirokini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish haqida gapirib o‘tdi. U  SHHT doirasida amalga oshirilayotgan ishlarda ushbu mamlakatlar rivojlanishida yetakchi rol o‘ynaydigan ayollar tashkilotlari ishtirokisiz tasavvur etish mumkin emasligini ta’kidladi.

Bayram dasturining badiiy qismida “So‘g‘diyona” o‘zbek xalq cholg‘ulari davlat kamer orkestri ijrosida xalqimiz boy madaniy merosi, O‘zbekistonda hukm surayotgan do‘stlik, tinchlik va farovonlikni tarannum etgan kuy va qo‘shiqlar taqdim etildi. Tadbir yakunida anjuman ishtirokchilariga esdalik sovg‘alar va gullar topshirildi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xotin qizlar maslahat kengashi